“Zamin go‘zali - 2019” finalida qozog‘istonlik supermodel ishtirok etadi – foto

Filippinda “Zamin go‘zali-2019” xalqaro go‘zallik tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkaziladi. Unda 85 ta davlatdan ayollar ishtirok etadi.
Sputnik

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Filippinda nufuzli go‘zallik tanlovlarning biri - “Zamin go‘zali-2019” tanlovining final bosqichi 26-oktabrda o‘tkaziladi.

Unda qozog‘istonlik model Altinay Asenova ishtirok etadi. U Qozog‘iston-britaniya texnik universiteti talabasi – Moskvada o‘tkazilgan Miss World Beauty 2017 “Supermodel” unvoni sohibi.  

“Zamin go‘zali - 2019” finalida qozog‘istonlik supermodel ishtirok etadi – foto

Xalqaro tanlovda dunyoning 85 ta davlatidan ayollar ishtirok etadi.

Dunyo mamlakatlaridan kelgan ishtirokchilar turli qabullar, ekologik va hayriya aksiyalarda qatnashmoqda.

Final bosqich uch kundan keyin o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirokchilar tayyorlagan chiqishlar va liboslarni namoyish qiladi, shu jumladan, milliy liboslarda chiqishlar bo‘ladi.

2019 yil tanlovining asosiy mavzusi – gullar. Asenova lola obrazida sahnaga chiqadi.