Buyuk va qayg‘uli muhabbat: xitoylik yigit sevgilisining dafn marosimini to‘yga aylantirdi

Syu Shinan so‘zlariga ko‘ra, u rafiqasiga tobuti boshida yig‘lamaslikka so‘z bergan, biroq qizning tanasini krematsiyaga olib ketishganlarida, yigit ko‘z yoshlarini tiya olmadi
Sputnik

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Xitoylik erkak o‘z sevgilisi dafn marosimida to‘y tantanasini tashkillashtirdi, deb xabar bermoqda AsiaOne portali.

Xitoylik yigit pul yig‘ish maqsadida soxta to‘y qildi

Xabarga ko‘ra, juftlik 2013-yil nikohni qayd etgan. Ammo 28 yashar Yan Lyu o‘ng ko‘kragida og‘riq sezib, shifokorga murojaat etgani etishi sababli to‘y qoldirilgandi. Tibbiyot xodimlari qizda ko‘krak bezi saratoni kasalligini aniqlaydilar. Uning besh yillik umri qolgandi.

Yan Lyu shifokorlar qo‘ygan tashxisga qaramay, kasallikni yengishga harakat qiladi va Weibo ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘zining davolanayotgani haqida muntazam xabar berib boradi. Qiz jarrohlik amaliyoti, kimyo- va nurli terapiya kurslarini boshdan o‘tkazadi.

Bir necha yildan so‘ng bemor tuzala boshlaydi va sherigi Syu Shinan bilan yana to‘y marosimiga tayyorgarlik ko‘radi. Ammo 2018-yilda saraton kasalligi yana ko‘rinish berib, juftlik o‘z rejasini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi.

Yan Lyu oktabr oyi o‘rtasida, rak kasalligiga qarshi olib borilgan besh yillik kurashdan so‘ng vafot etdi.

Shinan qayg‘uli hodisaga qaramay, sevgilisi uchun to‘y marosimini o‘tkazishga ahd qiladi. Tantana qizning dafn marosimi kuni tashkillashtiriladi. Erkak Yan Lyu uchun atay to‘y libosini xarid qilgan edi.

Syu Shinan so‘zlariga ko‘ra, u rafiqasiga tobuti boshida yig‘lamaslikka so‘z bergan, biroq qizning tanasini krematsiyaga olib ketishganlarida, yigit ko‘z yoshlarini tiya olmadi.