Afg‘oniston TIV rahbari iste’foga chiqdi

Xabar qilinishicha, Salohuddin Rabboniy prezident ma’muriyatini hokimiyat monopolizatsiyasida ayblab iste’foga chiqdi.
Sputnik

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Afg‘oniston Islom Respublikasining tashqi siyosiy muassasasining rahbari Salohuddin Rabboniy iste’foga chiqdi, xabar qiladi RIA Novosti agentligi.

OAV ma’lumotlariga qaraganda, tashqi ishlar vaziri mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani nomiga yo‘llagan xatida u boshqarayotgan muassasaga ikkalamchi rol ajratilib, unga “qandaydir bir nohukumat tashkilot” sifatida qaralayotganidan shikoyat qildi. Prezident ma’muriyatini hokimiyat monopolizatsiyasida aybladi.

Kolumbiya va Kingston universitetlari bitiruvchisi, 48 yashar Salohuddin Rabboniy 1992-2001 yillarda Afg‘oniston prezidenti bo‘lgan Burhonuddin Rabboniyning o‘g‘li bo‘lib,  u Afg‘onistonning Turkiyadagi elchisi, Afg‘oniston Oliy tinchlik kengashi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tashqi ishlar vaziri etib 2015-yil 1-fevralda tayinlangan.