O‘zbekiston eksportining 30 %ini oltin tashkil qilmoqda

O‘zbekiston oltin sotib mashina va aspob-uskunalar sotib olmoqda – Davlat statistika qo‘mitasi hisoboti.
Sputnik

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Ushbu yilning 9 oyi hisobida O‘zbekiston katta hajmda oltin eksport qildi, deb xabar qilmoqda Davlat Statistika qo‘mitasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilning 9 oyi mobaynida O‘zbekiston jami eksporti 13,6 milliard dollarni tashkil qilgan. Shundan salkam 30 % - 3,9 mlrd. $ - oltin eksportiga to‘g‘ri kelmoqda.

Endi jahon bozorida oltin narxi keskin oshadi – ekspert

Ikkinchi o‘rinda xizmatlar turadi 18,6 % - 2,5 mlrd. $. Ularning asosini transport xizmatlari tashkil qiladi. Uchinchi o‘rinda gaz eksporti  - 12,8 % - 2,2 mlrd. $. 

Shuningdek, to‘qimachilik mahsulotlari – 1,17 mlrd. $, paxta tolasi – 1,15 mlrd/ $, rangli metallar – 706 mln. $ va boshqa mahsulotlar.  

Shu o‘rinda import jadvaligi ham bir nazar tashlasak. 2019-yilning 9 oyida jami import salkam 18 milliard dollarni tashkil qilgan (17 968 ).

Uning yarmidan ko‘pi (60%), 8 mlrd. $ - mashina va aspob uskunalar tashkil qilgan. Ikkinchi o‘rinda kimyo sanoati mahsulotlari (15 %) – 2,2 mlrd. $. Uchinchi o‘rinda xizmatlar (8,4 %) – 1,8 mlrd. $. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari – 1,3 mlrd. $., qora metallar - 1,3 mlrd. $., va ho kazo.