Toshkentda jinoyatchi non ichida narkotik olib o‘tishga harakat qildi

Toshkentga kirayotganda shaharlararo taksi yo‘lovchisi non ichiga marixuanani berkitib olib o‘tayotganida qo‘lga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 22 okt - Sputnik. 20-oktabr kuni Toshkentning Bektemir tumanidagi YPX postida YHXB YPX xodimlari, kinologiya xizmati va IIBB PPXB xodimlari tomonidan “Damas” rusumli avtomobil to‘xtatildi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Qo‘qonda imom yordamchisi giyohvand moddalar bilan qo‘lga tushdi

"Tekshiruv davomida 47 yoshli Maxmud M.ning yonidan qora sumkada sellofanga o‘ralgan va ikkita buxanka noni ichiga yashirilgan narkotik vositasi – marixuana topildi", - deyilgan xabarda.

O‘zbekistonda giyohvand moddalarining "mahoratli" savdogarlari qo‘lga olindi

Holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.