Moskvada Eron elchisining qizi vafot etdi

Eronning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi elchi Mehdi Sanayining qizi vafot etish sababini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Eronning Moskvadagi elchixonasi diplomatik vakolatxona rahbari Mehdi Sanayining qizi Arefex Sanai vafot etdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Elchixona ma’lum qilishicha, elchining qizi yurak xuruji tufayli vafot etgan.

Bundan avval 112 Telegram-kanali elchining 28 yoshli qizi Arefex Sanai Moskvada o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar qildi.  

“U bir kun oldin vafot etdi, o‘z joniga qasd qilmagan, yurak xuruji bo‘lgan”, - deb ma’lum qilishdi RIA Novosti’ga  dipvakolatxonada.