Kim Kardashyan to‘y yubileyini antiqa uslubda nishonladi

Quvonch uchun yana bir sabab topildi – shu yilning may oida teleyulduz oilasida o‘g‘il dunyoga keldi. Bolakayga Psalm ismi qo‘yildi.
Sputnik

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Amerikalik realiti-shou yulduzi, aktrisa, fotomodel Kim Kardashyan va reper Kanye Uest to‘yning besh yilligi marosimini antiqa uslubda nishonlashdi. Bu haqda People nashri xabar qildi.

Armaniston prezidenti Kardashyan opa-singillarni qabul qildi - foto

Bazmda oila yaqinlari va do‘stlaridan tashqari ularni besh yil oldin nikohlagan ruhoniy ham qatnashdi. Kim va Kanya qasamodni takrorlashdi.

Quvonch uchun yana bir sabab bor – oilada yana bir, to‘rtinchi farzand dunyoga keldi. Bolani surrogat ona dunyoga keltirgan.

Kardarshyan boshqa farzand ko‘rishni istamayotganini aytdi.

Kardashyan va Uest oilasida to‘rtta farzand – o‘g‘il Psalm, qizlar Nors (6 yosh) va Chikago (1 yosh), shuningdek o‘g‘il Seyint (3 yosh).