Xorijdagi o‘zbekistonliklar saylovlarda ishtirok etishida yangi tartib

Xorijda bo‘lib turgan respublika fuqarolari ilgari faqat konsullik ro‘yxatidan o‘tgan taqdirida saylovlarda qatnashishi mumkin edi.
Sputnik

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga va viloyat, tuman, shahar kengashiga deputatlar saylovlari roppa-rosa ikki oydan so‘ng – 22-dekabr kuni bo‘lib bo‘lib o‘tadi. Xorijda vaqtincha yoki doimiy yashayotgan O‘zbekiston fuqarolarining parlament saylovlarida ovoz berish huquqlarini amalga oshirishlari uchun chet el vakolatxonalari huzurida 53 ta saylov uchastkasi tashkillashtiriladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida xabar qilindi.

Saylov bulleteni qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi – Adliya vazirligi

Ilgarigi 2014-yil dekabrdagi parlament saylovlari respublikadan tashqarida 44 ta uchastkada o‘tkazilgan edi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Saylov kodeksining 10-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuzilishi, ularni okrugga biriktirish to‘g‘risidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etilishi belgilab qo‘yilgan. 

“Ilgarigi saylovlarda ovoz berish huquqidan respublikaning xorijdagi vakolatxonalarida konsullik ro‘yxatlaridan o‘tganlargina foydalana olgan. Bu safar ro‘yxatda bo‘lmaganlar ham ishtirok eta oladi. Ular biz bilan bog‘lansalar kifoya”, - dedi MSK raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov.

Bundan tashqari, fuqarolar TIV rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda xorijdagi saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi murojaatini saylovga o‘n besh kun qolgunga qadar berishi mumkin.

"Markaziy saylov komissiyasi eshitadi"

Yig‘ilishda, shuningdek, “SAYLOV-2019” mobil ilovasining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur mobil ilova saylov komissiyalarining samarali faoliyati uchun qo‘shimcha qulaylik va imkoniyatlar yaratadi. Undan saylovga oid qonun hujjatlari, saylov komissiyalari faollari haqida ma’lumotlar, saylovchilar, komissiya a’zolari, siyosiy partiyalar va nomzodlar hamda kuzatuvchilar uchun uslubiy tavsiyalar, saylov faollarining bilimini oshirishga doir o‘quv materiallari, kitoblar va maqolalar, saylov mavzusi bo‘yicha savol-javoblar o‘rin olgan.

Eng kamharajatli parlament saylovlari O‘zbekistonda

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, aholisi 33 milliondan ortiq bo‘lgan O‘zbekistondan hozirgi vaqtda tashqarida bo‘lgan fuqarolar soni qariyb 3 million. Ularning 2 millionga yaqini Rossiyada.

Navbatdagi parlament saylovlari respublikada 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Davlatning saylov to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq, deputatlikka nomzodlar siyosiy partiya tomonidan ilgari suriladi. Nomzodlarning ro‘yxatga olinishi saylovga 35 kun qolganda tugatiladi.

Hozirda O‘zbekistonda rasman beshta siyosiy partiya ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning barchasiga saylovlarda qatnashishga ruxsat berildi.