TOShKENT, 21 okt - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30-yilligi bilan tabriklar ekan, 21-oktabrni respublikada bundan buyon rasmiy bayram sifatida nishonlanishini e’lon qildi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda qo‘shimcha rasmiy tantanali kun – 21-oktabr – "O‘zbek tili bayram kuni" joriy etildi.
“Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev bayramga bag‘ishlangan tantanali tadbir davomida.
O‘zbekistonga yangi alifbo kerakmi - ekspert yangi loyiha bo‘yicha izoh berdi
Eslatib o‘tamiz, prezidentning «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoniga muvofiq, O‘zbekiston bo‘ylab bayram tadbirlari o‘tkaziladi.
Maktab o‘quvchilari uchun insholar tanlovi, teatr va kinoteatrlarda esa spektakl, badiiy va hujjatli filmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi.