Zelenskiyga o‘xshash O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada mashhur bo‘lmoqda

Men uni oldin tanimasdim, prezident bo‘lganidan keyin tanidim, deydi Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshi.  
Sputnik

TOShKENT, 21 okt - Sputnik. Moskva metrosida Zelenskiyning qiyofadoshi topildi, deb xabar qilmoqda Rossiya OAVlari.

Zelenskiyga o‘xshash O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada mashhur bo‘lmoqda

Ma’lum bo‘lishicha uning ismi Umid ekan, u asli o‘zbekistonlik bo‘lib, bir necha yol oldin Moskvaga oilasi bilan ko‘chib kelgan. Ayni damda avtomobil ustaxonasida malyar bo‘lib ishlaydi.   

“Metroda ishga ketayotganimda kimdir suratga tushirib olgan. 2016-2017 yillarda menga do‘stlarim sen yumorist Zelenskiyga o‘xshaysan deb aytishardi. Men o‘shanda uni tanimasdim, prezident bo‘lganidan keyin tanidim”, - deydi Umid.

Umidning Zelenskiyga o‘xshashligi haqidagi rasm OAVlarda ilk bor avgust oyida paydo bo‘lgan edi. O‘shanda Dmitriy Kovalenko ismli foydalanuvchi ushbu rasmni “Mana haqiqiy prezident, qo‘riqchilarsiz ishga ketayapti” degan izoh bilan Facebookka joylashtirgan edi.