Tashkent City atrofidagi ko‘chalardan birida 6 oylik cheklov kiritildi

Tashkent City atrofidagi ko‘chalardan birida og‘irligi 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari uchun 6 oy muddatga cheklov kiritildi.
Sputnik

TOShKENT, 21 okt - Sputnik. Tashkent City atrofidagi ko‘chalardan birida 6 oylik cheklov kiritildi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimiyatining matbuot xizmati. 

"21 oktabrdan boshlab 6 oy davomida Islom Karimov ko‘chasining Olmazor hamda Furqat ko‘chalari bilan kesishgan qismlari oralig‘ida yuk tashish hajmi 5 tonnadan yuqori bo‘lgan transport vositalari harakati cheklanadi", - deyilgan xabarda. 

Undan tashqari, bugun 21-oktabr kuni Tashkent city’ hududidagi bog‘ soat 14:00 gacha xizmat ko‘rsatadi, 14:00 dan 20:00 gacha bog‘da sanitariya va profilaktika ishlari olib boriladi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu choralar Tashkent City majmuasi hududida jadal ravishda olib borilayotgan qurilish ishlari munosabati bilan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan.