Ommaviy diktant-2020 poytaxti maqomi uchun ilk bor O‘zbekiston kurashadi

“Ommaviy diktant” aksiyasida Qoraqalpog‘iston 2019-yil ilk bor ming kishilik qatnashchi bilan ishtirok etdi. Ushbu holat Nukusning 2020-yilda mazkur gumanitar loyihada poytaxt maqomiga ega bo‘lish uchun da’vo qilish huquqini beradi.
Sputnik

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Nukus 2020-yilda Ommaviy diktant poytaxti nomi uchun kurashayotgan Rossiyadan tashqaridagi yagona xorijiy shahar bo‘lmoqda. Mazkur hududda joriy yil ilk marotaba bo‘lib o‘tgan xalqaro aksiyaga misli ko‘rilmagan qiziqish namoyon bo‘lgandi.

Onlayn-saylovning 1-bosqichi loyiha saytida bugun - 21-oktabrda boshlanadi. Nukusdan tashqari Ommaviy diktant poytaxti maqomi uchun Rossiyaning 9 ta shahri -  Rostov-na-Donu, Chelyabinsk, Yekaterinburg, Ijevsk, Tambov, Qozon, Vologda, Krasnodar va Sankt-Peterburg kurashadi.

Onlayn-saylov jori yil 11-noyabrgacha (Moskva vaqti bilan soat 10.00) davom etadi. Unda har kim saytda ro‘yxatdan o‘tgan holda qatnashishi mumkin. Har bir foydalanuvchi 24 soat davomida faqat bir marta o‘z ovozini berishi mumkin bo‘ladi.

Birinchi bosqich yakunlari bo‘yicha besh shahardan tarkib topgan dastlabki ro‘yxat (short-list) e’lon qilinadi. G‘olib-shahar nomi 2020-yil fevralda ma’lum bo‘lib, 4-aprelda esa tanlangan poytaxtda asosiy Ommaviy diktant bo‘lib o‘tadi.

Nukuslik diktator iqrori: rus tiliga qiziqish, "o‘lik jonlar" va ayyor tinish belgisi

Tadbir poytaxti OAV va ijtimoiy tarmoqlarning ommaviy e’tibor markaziga aylanib bormoqda. Har yili ko‘ngilli ravishda diktant yozish uchun o‘tkazilayotgan ushbu maorif aksiyasi barcha xohlovchilarga rus tilini o‘rganishga va unda o‘z savodxonligini oshirishga chaqiradi. Ommaviy diktant ilk bor 2004-yilda Novosibirsk Davlat universitetida o‘tkazilgan edi. Aksiya qisqa muddatda xalqaro maqomga ega bo‘lib, dunyoda eng keng miqiyosli bo‘lishga ulgurdi.

2019 yilda rus tilidagi bilimlarini dunyoning 80 mamlakatidagi 1 200 shaharda istiqomat qiluvchi 236 000 kishi sinab ko‘rgan edi. 2018-yil aksiya poytaxti etib Vladivostok, 2019-yil esa Tallin onlayn-saylov natijalari bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Sputnik O‘zbekiston axborot agentligi Qoraqalpog‘istondagi ushbu maorif loyihaning axborot hamkori sifatida ishtirok etmoqda. Ommaviy diktantni respublikaning Xalq ta’limi vazirligi, Rus milliy madaniyat markazi va Qoraqalpog‘iston oliy o‘quv yurtlari qo‘llab-quvvatladi.