TOShKENT, 21 okt - Sputnik. Ish faoliyati kishilarning turmush tarzi, kayfiyati va sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq soatlab o‘tirib ishlash gipodinamiya, ya’ni kamharakatlilikka olib kelib, moddalalar almashinuvi bilan bog‘liq kasalliklarini vujudga keltiradi. Muntazam ravishda belgilangan vaqtidan ortiqcha ishlash esa yurak-tomir kasalliklarini keltirib chiqarish xavfini yanada oshiradi.
Rossiyada olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, har ikkinchi ishchi xodim kuni bo‘yi o‘tirgan holatda vaqt o‘tkazadi. Rossiyalikning o‘rtacha ish haftasi 49 soatga teng.
Shunday bo‘lsa-da, so‘rovda ishtirok etganlarning 79%i u yo bu darajada o‘z ishidan qanoatlanganligini ma’lum qilgan.
Rossiyaliklar ularning kayfiyati, umumiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni sanab o‘tdi. So‘rovda qatnashganlarning –
19%i ishlayotgan tashkilotlari tomonidan dispanserizatsiyadan o‘tishga imkoniyat yaratilishi;
14%i jismoniy mashq bajarish;
12%i ish vaqtida tanaffus qilish, ishdan bir oz chalg‘ish kabilarni qayd etgan.
Bu orada Kaliforniya universiteti (AQSh) tadqiqotlariga ko‘ra, barchaga ma’lum va mashhur tushlikdan keyingi mizg‘ib olish istagini qondirish kishining mehnat layoqatini oshirib, qolgan kun davomida uyquchanligini oldini olishga ko‘maklashadi. Yangi o‘tkazilgan tadqiqot (besh yil davomida olib borilgan), kunduzgi uyquning inson sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi.
Sekin yurishning kutilmagan xavfli tarafi aniqlandi
Tushlikdan keyin vaqti-vaqti bilan dam olganlarda uyg‘oq turganlarga nisbatan yurak-tomir kasalliklari 48% ga kamayganligi aniqlandi. Bunda tungi uyquning ham to‘laqonli bo‘lishi muhim ekanligi aytib o‘tiladi.