Soliqchilarning birinchi guruhi Moskvada malaka oshirib qaytdi

O‘zbekistonlik soliqchilar Moskvada soliq to‘lash jarayonida ruhiy stress holatlarini oldini olish, soliq to‘lovchilar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishni o‘rganib qaytishdi.
Sputnik

TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Moskvaga malaka oshirish maqsadida kelgan 38 nafar soliqchilar bugun O‘zbekistonga qaytib keldi, deb xabar qilmoqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, soliqchilar Moskvada soliq to‘lovchi va soliq inspektorlari orasidagi munosabatlarni samarali yo‘lga qo‘yish, stress holatlarni oldini olish va ulardan chiqish kabi yo‘nalishlarda malaka oshirishgan.

O‘zbekistonlik mutaxassislar ushbu yo‘nalishlarda Rossiya tajribasni o‘rganib, uni O‘zbekiston sharoitida samarali qo‘llashga bel bog‘lagan.

O‘tgan haftada, Rossiya soliq organlari bilan kelishuv asosida o‘zbekistonlik 166 nafar soliq mutaxassislari Moskvada malaka oshirishi rejalashtrilgani haqida xabar bergan edik.

Soliqchilarning 50 kishidan iborat 2-guruhi 20-27 oktabrda, 50 kishidan iborat 3-guruhi 27-oktabrdan 3-noyabrgacha, hamda 28 kishidan iborat 4-gurhi  3-10 noyabrda Moskvada malaka oshirishi rejalashtirilgan.