Oq tulporli Kim Chen In, "Xagibis" to‘foni va to‘rt metrli qirol kobrasi – fotolenta

Sputnik

O‘tgan hafta nimasi bilan yodda qolgani haqida Sputnik O‘zbekiston fotolentasida tomosha qiling.

1 / 16
Model Braziliyaning San-Paulu shahrida o‘tgan modalar haftaligida Fabiana Milazzo ijodini namoyish etmoqda.
2 / 16
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Abu-Dabi merosxo‘r shahzodasi Muhammad bin Zaid Al Naxayyon rasmiy uchrashuv marosimida.
3 / 16
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi sement zavodini borib ko‘rdi.
4 / 16
Namoyishchi Kito (Ekvador)dagi norozilik vaqtida qo‘lbola quroldan o‘q uzmoqda.
5 / 16
Brendan Gogan boshqaruvidagi avtomobil Kurt Bush va Devid Ragan mashinalari ustidan uchmoqda. Talladegdagi NASCAR Cup Series avtopoygasi, AQSh.
6 / 16
Ayol qizi bilan Kitodagi norozilik namoyishlari vaqtida Kasa-de-la-Kultura yonida, Ekvador.
7 / 16
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qor yog‘ishi bilan Paektu tog‘ida ot choptirdi.
8 / 16
Barselonadagi El-Prat aeroporti yonida norozichilarning ispan politsiyachilari bilan to‘qnashuvi.
9 / 16
Bolalar va harbiy xizmatchilar Suriya prezidenti Bashar Asad surati tushirilgan plakatlar va portretlar bilan Suriya hukumati armiyasi tomonidan ozod etilgan Manbij shahrida, Suriya.
10 / 16
Xagibis to‘foni tufayli suv ostida qolgan Yaponiyaning markaziy shahri hisoblanmish Naganodagi temiryo‘l stansiyasi.
11 / 16
Naganodagi "Xagibis" to‘foni oqibatlari.
12 / 16
Nyu-York osmono‘par binolari ustida "qonli" Oy ko‘tarilishi.
13 / 16
Parijda o‘tkazilgan Zombie Walk tadbirida zombi libosidagi qizlar, Fransiya.
14 / 16
Taylandlik qutqaruvchilar Krabi provinsiyasida jala suvlari uchun mo‘ljallangan kanalizatsiyada to‘rt metrli qirol kobrasini tutib oldilar.
15 / 16
Kanada sfinksi va elf zotli mushuklar(amerika kerli va kanada sfinksi gibridi) Moskvadagi "KoShariki Shou" ko‘rgazmasida.
16 / 16
Ekvadordagi mitingda Anonimus niqobida protest bildirayotgan kishi.