Qozog‘iston bilan chegarada o‘tkazish punkti yopiladi

Vaqtni tejash va harajatlarni oldini olish maqsadida, o‘zbek-qozoq chegarasining boshqa muqobil nazorat-o‘tkazish punktlari orqali harakatlanish mumkin bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Toshkent viloyatida 2020-yilga qadar Qozog‘iston bilan chegara nazorat-o‘tkazish punkti yopiladi, deb bayon qildi O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi.

“Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan “B.Konisbayev” chegara o‘tkazish punktida qayta qurish va kengaytirish ishlari olib borilishi munosabati bilan, 2019-yilning 1-noyabridan boshlab mazkur chegara o‘tkazish punktida piyoda ravishda harakatlanayotgan jismoniy shaxslar, yengil avtotransport va 3,5 tonnagacha yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuk avtotransport vositalarining harakati 2020-yilning 1 yarmiga qadar to‘xtatiladi”, - deyiladi tarqatilgan xabarda.

Davlat chegara o‘tkazish punktlarida pullik xizmatlar - hukumat qarori loyihasi

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tovar hamda transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tuvchi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tashuvchilar, yengil avtotransport vositalari haydovchilari va piyoda ravishda harakatlanuvchi jismoniy shaxslarga vaqtlarini tejash, sarf-xarajatlarning oldini olish maqsadida o‘zbek-qozoq chegarasida joylashgan boshqa muqobil o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkinligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara masalasi bo‘yicha 16-yil davom etgan muzokara yakunlanmoqda

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning “B.Konisbayev” chegara o‘tkazish punkti Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Yallama” chegara o‘tkazish punktiga tutash hisoblanadi.