TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Joriy kuz mavsumida vakolati muddati nihoyasiga yetayotgan Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker o‘zi uchun oxirgi bo‘lgan YeI sammiti matbuot-anjumani yakunida hissiyotlarini jilovlay olmay, yig‘lab yubordi.
"Bu men uchun oxirgi Yevropa sammiti edi", - dedi u va jurnalistlarga YeK rahbari lavozimida besh yillik faoliyatini yoritganlari uchun minnatdorlik bildidi. U shu yillar davomida sal kam 150ta sammitlarda ishtirok etganini ta’kidladi.
"Umrimning so‘nggi kuniga qadar Yevropaga xizmat qila olganim uchun faxr tuyg‘usi bilan yashayman", - dedi YeK rahbari. Yunkerning ovozi titroqdan bo‘lindi. So‘ngra ko‘zlarida yosh qalqdi.
Zalda jimjitlik hukm surardi. Shunda jurnalistlar Yunkerni olqishlay boshladilar.