TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Oliy Majlis deputati saylovlari kampaniyasiga O‘zbekiston 25 million AQSh dollari sarflaydi. Ovoz berish joriy yil 22-dekabrda bo‘lib o‘tadi.
Vazirlik to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining sonini hisobga olganda, bu nihoyatda kamtarona ko‘rsatkich.
Ochiq ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan reytingda saylovga eng ko‘p harajat qilgan davlat Germaniya deb topildi. Bu yerda butun elektoratga 100 mln AQSh dollaridan ziyod mablag‘ sarflanadi. Mamlakat aholisi orasida saylov huquqiga ega bo‘lganlarning sonini (65 millionga yaqin) hisobga olganda, bu miqdorni oqlasa bo‘ladi, deydi tahlil mualliflari.
Parlament saylovlariga harajatlarning umumiy darajasi bo‘yicha, ikkinchi o‘rinni 80,7 mln AQSh doll harajati bilan 30 millionli elektoratga ega Ukraina egallaydi.
O‘zbekiston Oliy majlis saylovlarini tashkillashtirishga 25 mln AQSh dollarini ajratish taraddudida. Joriy yil 22-dekabrdagi saylovlarda 20,6 million fuqaro o‘z ovozini bera oladi. Taqsimotga ko‘ra, har bir saylovchiga 1,21 dollardan sarf qilinadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O‘zbekistondan so‘ng 24,7 mln AQSh dollarlik harajat bilan Qozog‘iston (12 mln saylovchi), 17 mln bilan Qirg‘iziston (4 mln saylovchi) va 8 mln AQSh dollari bilan Tojikiston (4 mln saylovchi) o‘rin egallagan. Reytingga Belarus ham kirib, bu yerda 6,9 millionlik saylovchilarning o‘z irodasini izhor etishlarini ta’minlash uchun 10,7 mln AQSh dollari ajratilishi o‘rganildi.
Natijalarga asoslanib, O‘zbekistonni saylovlarni tashkil etishda eng kamharajat mamlakat deb nomlash mumkin. Mintaqada saylovchi boshiga eng ko‘p harajat Qirg‘izistonga to‘g‘ri keladi. Bu yerda bir fuqaroning o‘z huquqini ado etishi 4,25 dollariga teng.