TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Bugun, 18-oktabr kuni Afg‘oniston janubidagi Nangarxan viloyatidagi masjidga raketalar otildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Hozirgi vaqtda halok bo‘lganlar soni 31 kishiga yetdi, yana o‘nlab kishi jarohatlandi.
Portlash oqibatida masjid tomi quladi.
Uyushtirilgan hujum uchun mas’uliyatni hozircha mintaqada faoliyat ko‘rsatayotgan hech qanday jangovar guruh o‘z zimmasiga olmadi.