"Tashkent City"da mumdan yasalgan figuralar muzeyi ochildi

Tez orada muzeyda dunyoga mashhur personajlardan tashqari O‘zbekistonning buyuk shaxslari haykallari ham joylashtiriladi
Sputnik

TOShKENT, 17 okt - Sputnik. O‘zbekiston poytaxtidagi Tashkent City hududida mamlakatdagi birinchi mumdan yasalgan figuralar muzeyi "Mashhurlar muzeyi" ochildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Turizm qo‘mitasi vakili.

"Tashkent City"da mumdan yasalgan figuralar muzeyi ochildi

Hozircha muzeydan ulkan qo‘g‘irchoqsimon eksponatlar, zamonaviy tarixda bevosita iz qoldirgan shaxslardan tashkil topgan ulkan kolleksiya o‘rin olgan.

"Tashkent City"da mumdan yasalgan figuralar muzeyi ochildi

Tez orada muzeyda dunyoga mashhur personajlardan tashqari O‘zbekistonning buyuk shaxslari haykallari ham joylashtirilishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Tashkent City hududidagi parkda atirgullar bog‘i, ulkan ko‘l, bolalar maydonchalari, Tusso xonim muzeyi joy olishi haqida xabar bergan edik.