Toshkent turniri oldidan Umar Nurmagomedovning matbuot anjumani – translyatsiya yakunlandi

Bugun “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligida rossiyalik MMA jangchisi, UFC mutlaq chempioni Habib Nurmagomedovning matbuot anjumani o‘tkazildi.
Sputnik

Habib Nurmagomedov Gorilla energy brendi bilan hamkorlikda yillik faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda chempionning ukasi Gorilla Fighting Championship chempionlari Umar Nurmagomedov va Tagir Ulanbekov hamda Premier Beverages direktorlar kengashi raisi Igor Kim ishtirok etdi.

Habib Nurmagomedov - MMAning yengil vaznida yengilmagan chempion. U 28 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, 23-noyabrda Toshkentdagi Humo Arena'da GFC20 turniri o‘tkaziladi. Bu musobaqa Habib Nurmagomedov tomonidan uyushtiriladi. Asosiy jang Habibning ukasi Umar va Nikita Chistakov o‘rtasida bo‘ladi.