Mirziyoyev xalq bilan muloqot qilish maqsadida Surxondaryoga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi va xalq bilan muloqot qiladi
Sputnik

TOShKENT, 17 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun, 17-oktabr kuni Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyevning viloyatga safari joriy yil sentabr oyida Farg‘onaga bo‘lgan edi.