TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Dubay amirligining taxt vorisi Shayx Hamdan bin Muhammad Al Maktum boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda u o‘z tvitter sahifasida ma’lum qildi.
“O‘zbekistonga sayohat”, - deb yozgan.
Lochin ovi Navoiy viloyatida amalga oshirildi. Bu Hamdan ibn Muhammad uchun an’ana bo‘lib, u har yili O‘zbekistonga ov qilish maqsadida keladi.
Shahzoda boshchiligidagi delegatsiya lochinlar bilan shu hududda tuvaloqlarni ovladi.
Qirol oylasi O‘zbekistonda lochin bilan ov qilishni juda yaxshi ko‘radi. 2015-yilda BAA bosh vaziri va Dumay amiri respublikaga kelib, qishloqdagi maktablardan biriga tashrif buyurgandi.