TOShKENT, 16 okt – Sputnik. O‘zbekistonda alkogol mahsulotlari 1-noyabrdan yangi narxlarda sotilishi kutilmoqda. Moliya vazirligi qaror loyihasini tayyorladi.
Loyihada yozilishicha, vino eng kam ulgurji-sotish narxi, 1 litr uchun 8,6 ming so‘m, chakana narxi 10,2 ming so‘mni tashkil qiladi.
Aroq va boshqa alkogol mahsulotlar ulgurji-sotish narxi 22,0 ming so‘m, chakana narxi 26,0 ming so‘m tashkil qiladi.
Konyak esa ulgurji-sotish narxi 31,0 ming so‘m, chakana narxi 36,6 ming so‘m tashkil qiladi.
Hujjatda pivo narxlari o‘zgarmasligi belgilangan.