“Aeroflot” samolyoti  Toshkentda favqulodda qo‘ndi

Yo‘lovchi betobligi tufayli “Aeroflot” samolyoti Toshkentga qo‘ndi. Samolyotni  tibbiy brigada kutib oldi.
Sputnik

TOShKENT, 16 okt - Sputnik. Bugun tongda Moskva yo‘nalishida parvoz qilayotgan “Aeroflot” kompaniyasining Airbus A-330 samolyoti TOshkentga favqulodda qo‘ndi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Deli – Moskva yo‘nalishida parvoz qilayotgan Aeroflot kompaniyasi samolyoti yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilayotgani tufayli Toshkentga favqulodda qo‘ndi”, - dedi aeroport vakili RIA Novostiga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyotni tibbiy brigada kutib olgan va ayni damda yo‘lovchini shifoxonaga yotqizish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Samolyot tayyor bo‘lganidan so‘ng Moskvaga parvozini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston Havo yo‘llarining Moskvadan Farg‘onaga parvoz qilayotgan samolyoti yo‘lovchilardan birining sog‘ligi yomonlashgani tufayli Samarada favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan edi.