Qozog‘iston O‘zbekiston tufayli qoramol olib chiqishni ta’qiqladi

Mollar ommaviy ravishda O‘zbekistonga olib chiqilayotgani tufayli Qozog‘istonda go‘sht defitsiti paydo bo‘lgan va go‘sht narxi keskin oshgan.
Sputnik

TOShKENT, 15 okt - Sputnik. Qozog‘iston Qishloq xo‘jalik vazirligi mamlakatdan katta va kichik qolramol olib chiqishni ta’qiqladi. Sabablardan biri - O‘zbekistonga olib chiqilayotgan mollarni nazorat qilish imkoni yo‘qligi, deyilgan vazirlik buyrug‘ida

Ta’qiq 6 oy muddatga kiritilgan bo‘lib va u asosan yirik qoramol, bir yoshgacha va undan katta urg‘ochi buzoqlar, sigirlar, qo‘y va echkilarni olib chiqishga qarshi kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sentabr oxirida Qozog‘iston bolali sigirlarni olib chiqishni ta’qiqlagan edi.

O‘shanda Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakili O‘zbekistonga mollar asosan Qozog‘istondagi 78 ta ozuqlantirish bazasidan olib chiqilayotganini va ularning barchasini nazorat qilish imkoni yo‘qligi tufayli, vazirlik 50ta ozuqlantirish bazasiga qoramol eksportini ta’qiqlashga qaror qilgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha qozog‘istonlik fermerlar ommaviy ravishda mollarini O‘zbekistonga olib chiqib ketishmoqda, chunki u yerda sotish ko‘proq daromad keltiradi. Buning oqibatida esa Qozog‘istonda go‘sht defitsiti paydo bo‘lgan va go‘sht narxi keskin oshgan.