Qora tanli gey aktor “Cinderella”da ona rolini ijro etadi

Zamonaviy kinematografiyada siyosiy xushfe’llik namoyishi davom etmoqda. Amerikalik gey aktor mashhur bolalar ertagida bosh ayol rollarining birini ijro etishi kutilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Amerikalik aktor, o‘z jinsiy oriyentatsiyasini baralla e’lon qilgan Billi Porter “Cinderella” (Zumrasha) yangi remeyk muziklida cho‘qintirgan baxil pari ona rolini ijro etishi mumkin, xabar qiladi RIA Novosti.

Hozirda Sony kompaniyasi 50 yoshli aktor bilan bu borada muzokaralar olib bormoqda.

Zumrasha rolini 22 yashar kuba va amerikalik qo‘shiqchi Karla Kamilla Kabelo ijro etadi.

Qora tanli gey aktor “Cinderella”da ona rolini ijro etadi

Porter tomoshabinlarga “American Horror Story” (Amerikaning dahshatlari tarixi), “Pose” (Poza) seriallari orqali tanilgan. U eng yaxshi erkak roli uchun “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritgan ilk qora tanli gomoseksual aktor bo‘ldi.