Tramp Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh sanksiyalari Turkiya mudofaa va energetika vazirlari hamda Turkiya yetakchi partiyasi rahbariyatiga qarshi qaratilgan.
Sputnik

TOShKENT, 15 okt - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadagi harbiy operatsiya tufayli Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqida Mayk Pompeo e’lon qildi, RIA Novosti xabariga asosan.   

Tramp farmonida aytilishiga ko‘ra, ushbu chora Turkiyaga bosim o‘tkazish maqsadida amalga oshirilgan. Undan ko‘zlangan maqsad – Turkiyadan Suriyadagi operatsiyani to‘xtatishgan erishish.

“AQSh prezidenti farmoni Turkiya rahbariyati bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator fuqarolarga qarshi sanksiyalar kiritishni nazarda tutadi. Turkiya hukumati olib borayotgan operatsiya Suriya shimoli-sharqida tinchlik va xavfsizlikka zarar yetkazmoqda”, - deyilgan Pompeo xabarida.

Ma’lum bo‘lishicha, sanksiyalar, xususan, Turkiya mudofaa va energetika vazirliklari hamda ushbu muassasalar rahbarlari Xulus Akar va Fatix Donmezga qarshi qaratilgan. Shuningdek “qora ro‘yxatga” Turkiyaning yetakchi partiyasi rahbari Sulaymon Soylu ham kiritilgan.

Turkiya Suriya chegarasiga yuzdan ortiq harbiy texnikani olib keldi - video

Undan tashqari AQSh prezidenti Turkiyadan olib kelinayotgan po‘latdan olinadigan bojlarni 50 %ga oshirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek AQSh Turkiya bilan muzokaralar olib borilayotgan 100 milliard dollarlik bitimni ham bekor qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti 9-oktabrda Suriya shimolida tinchlik bulog‘i nomli operatsiya boshlanganini e’lon qilgan edi. Ushbu operatsiya u yerda yashiringan jangarilar va Qurdiston ishchi partiyasiga qarshi qaratilgani xabar qilingan. Shu bilan bir vaqtda qurdlar o‘zlarini himoya qilish haqida Curiya hukumati bilan kelishuvga erishishgan.