Tarixiy tashrif: Putin Saudiya Arabistoniga keldi

Vladimir Putin va Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan. Tomonlar harbiy-texnikaviy hamkorlik istiqbollari va mintaqadagi kun tartibidagi masalalarni muhokama qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoniga o‘z tarixiy tashrifini boshladi. So‘nggi marta u bu davlatga 12-yil oldin kelgan.

Rossiya yetakchisi samolyoti dushanba kuni Ar-Riyoz aeroportiga qo‘ndi. Trap oldida Putinni faxriy qorovul kutib oldi.

Vladimir Putin Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan. Yetakchilar harbiy-texnikaviy hamkorlik istiqbollari va mintaqa kun tartibidagi masalalarni muhokama qiladi.

Tarixiy tashrif: Putin Saudiya Arabistoniga keldi

Tashrif davomida 2 milliard dollarlik 30 yaqin bitim imzolanishi kutilmoqda.

Tarixiy tashrif: Putin Saudiya Arabistoniga keldi

Putin oxirgi marta Saudiya Arabistoniga 2007-yilda kelgan.