Sherzod Shermatov rus tili o‘qituvchilarining bilimlarini sinab ko‘rishni taklif qildi

Xalq ta’limi vazirligi Rossiya elchisi bilan rus tilini o‘rganish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ish haqida kelishib oldi.
Sputnik

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov rus tili fani o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlik qilishni taklif qildi. Xususan, O‘zbekiston yoshlari uchun Rossiya universitetlarida pedagogika yo‘nalishida o‘qish masalasi ko‘rib chiqildi.

Sherzod Shermatov nufuzli maktab direktorlari xususida o‘z fikrini bildirdi

Shuningdek, O‘zbekistonda dars berayotgan rus tili o‘qituvchilarini qayta tayyorlash uchun rossiyalik mutaxassislarni jalb qilishga kelishib olindi. Xususan, vazir rossiyalik mutaxassislar tomonidan o‘zbekistonlik o‘qituvchilar bilimlarni sinab ko‘rilib, ularni qayta tayyorlash dasturini amalga oshirish taklifi kiritilgan.

Undan tashqari vazir O‘zbekiston maktablariga qo‘shimcha badiiy adabiyotlar taqdim etishda rus tilida ta’lim olib borilmaydigan maktablarga ham alohida e’tibor qaratish bo‘yicha fikr bildirgan.

Uchrashuvda vazir tomonidan mamlakatimizdagi barcha maktab bitiruvchilari kamida uchta tilni – o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilishi kerakligi ta’kidlangan.