O‘zbekiston Alibaba Group bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Alibaba Group O‘zbekistonga Xitoyning yirik kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga yordam beradi.
Sputnik

TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Bugun, 13-oktabr kuni O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Xitoyning Alibaba Strategik hamkorlik markazining ilmiy tatqiqotlar instituti Bosh kotibi, Sin Cheng bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

“Uchrashuvning asosiy maqsadi – Xitoyning yirik kompaniyalari bilan hamkorlik ishlarini yanada kengaytirish. Xususan, elektron tijoratni rivojlantirish va b2b onlayn platformani yaratish (marketpleys) masalalari muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.   

Alibaba— internet tijorati bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biridir. Bugungi kunda kompaniya kapitalizatsiyasi 500 milliard dollarni tashkil qiladi.