Sudalar uchun maxsus kiyim namunasi tasdiqlandi

Respublika sudlari sudyalari uchun maxsus kiyim rangi to‘q-ko‘k bo‘lsa, Konstitutsiyaviy sud sudyalari uchun to‘q-olcha rangda va tarkibi 70 % jundan iborat bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Kecha 12-oktabr kuni Senatning 23-yalpi majlisida O‘zbekiston sudyalarining maxsus kiyimi tavsifi va namunasini tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda O‘zA. 

Xususan, sudyalik maxsus kiyimi to‘plami quyidagilardan iborat bo‘ladi: maxsus kiyim, manishka va ipak bo‘yinbog‘-plastron. Maxsus kiyim uchun ishlatiladigan mato qishki va yozgi holati bo‘yicha o‘zgarishi mumkin. Respublika sudlari sudyalari uchun maxsus kiyim rangi to‘q-ko‘k bo‘lsa, Konstitutsiyaviy sud sudyalari uchun to‘q-olcha rangda va tarkibi 70 % jundan iborat bo‘ladi, - deyilgan xabarda.

Ushbu kiyimlar to‘plami individual tana o‘lchamlar bo‘yicha, faqatgina sudyalik guvohnomasi asosida buyurtmaga qabul qilinishi va sudyalik maxsus kiyimining foydalanish muddati 2-yil etib belgilanadi.

Sudalar uchun maxsus kiyim namunasi tasdiqlandi

Sudyalarning maxsus kiyimi tavsifi va namunasining tasdiqlanishi nafaqat “Sudlar to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi qonunlari talabini amalda ijro etilishi, balki, odil sudlovni amalga oshirish borasida umume’tirof etilgan xalqaro tamoyillarning milliy qonunchilikka joriy etilishi hamda sud hokimiyatining nufuzi oshishiga xizmat qiladi.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun Davlat budjetidan 500 million so‘m qo‘shimcha xarajatlar talab qilinadi.