O‘zingdan chiqqan baloga: qaynonasining taqinchoqlarini o‘g‘irlagan kelin qo‘lga tushdi

Kogon shahrida kelin qaynonasiga tegishli qariyb 30 million so‘mlik 11 turdagi tilla taqinchoqlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Buxoroning Kogon shahrida bir kelinning kirdikorlari fosh etildi.

Buxoro viloyati IIB xabariga ko‘ra, 27-sentabr kuni noma’lum shaxs Kogon shahar Maxtumquli mahallasida yashovchi nafaqadagi fuqaro S.M.ga tegishli jami 29 700 000 so‘mlik 11 turdagi tilla-taqinchoqlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu manzilda yashovchi, fuqaro S.M.ning kelini A.S sodir qilganligi aniqlangan. Ashyoviy dalillar tegishli tartibda to‘liq xujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.S.ga nisbatan JKning 169-moddasi 2-qismi tegishli bandlari bilan qo‘zg‘atilgan .

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.