Yaponiyada kuchli to‘fon tufayli 4,3 milliondan ziyod kishi evakuatsiya qilinishi mumkin

Yaponiyaning ayrim hududlariga “Xagibis” to‘foni yopirilgan. Mie, Tokio, Sidzuoka, Tiba va Gumma shaharlarida evakuatsiya e’lon qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Yaponiyaning Mie, Tokio, Sidzuoka, Tiba va Gumma shaharlaridagi 50 ming kishiga evakuatsiya e’lon qilingan, yana 4,2 million kishiga evakuatsiya qilish tavsiya qilingan. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

50 ming kishi olgan evakuatsiya haqidagi e’lon yaqinlashib kelayotgan “Xagibis” to‘foni juda kuchli ekani va hayot va sog‘liq uchun xavf tug‘dirishini anglatadi.

Yaponiyada 19-tartib raqami berilgan “Xagibis” to‘foni arxipelagga janubiy-sharqdan harakat qilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Yaponiyaning Tiba shahrida tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana besh kishi esa jabr ko‘rgan.