TIV Rossiyadagi fuqarolarga haydovchilik guvohnomasi bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

Ta’kilanishicha, O‘zbekiston fuqarolarining murojaatlariga muvofiq bosh konsulxona mazkur masalani Rossiya tomoni bilan birgalikda hal qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi Rossiya hududida bo‘lib turgan yoki u yerga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qildi.

“O‘zbekiston Respublikasida 2011-yil 23-martga qadar berilgan amal qilish muddati belgilanmagan haydovchilik guvohnomalari Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining 41-43-moddalari va 6-7-ilovalariga muvofiq Rossiya Fedratsiyasi hududida tan olinadi”, - deyiladi TIV murojaatida.

Bu haqda O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi Rossiya IIVning Sverdlovsk viloyati Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bosh boshqarmasiga tayanib ma’lum qilgan.

Ta’kilanishicha, O‘zbekiston fuqarolarining murojaatlariga muvofiq bosh konsulxona mazkur masalani Rossiya tomoni bilan birgalikda hal qilgan.