Saratovdagi YTH oqibatida o‘zbekistonlik ayol hayotdan ko‘z yumdi

12 oktabrga o‘tar kechasi Petrovsk tumanida yuz bergan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halokat joyida vafot etdi, yana 5 nafar o‘zbekistonlik jarohat oldi
Sputnik

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Saratov viloyati Petrovsk tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi M.S. halokat joyida vafot etdi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Moskva viloyatidagi o‘rmonda o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Rossiya FVVning Saratov viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, hodisa 12-oktabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Shuningdek, YTH oqibatida 5 nafar o‘zbekistonlik jarohat olgan.

Hozir ular tuman kasalxonasiga joylashtirilgan.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga oldi hamda marhumaning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.