O‘zbekiston 2020-yilda MDHda raislik qiladi

Turkmanison poytaxtida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. O‘zbekiston 2020-yilda MDHda raislik qiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara o‘tkazdi.

Unda nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev Hamdo‘stlik doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi hamda sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratdi.

Mirziyoyev va Rahmon bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini ko‘rib chiqdilar

Qayd etilishicha, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi O‘zbekiston uchun, avvalo, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, turli tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, transport-kommunikatsiya va tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarish, xavfsizlikni mustahkamlash, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish jihatidan manfaatlidir. So‘nggi yillarda mamlakatning ushbu tashkilotdagi ishtiroki ancha faollashdi.

Uchrashuvda 2020-yilda MDHda raislik O‘zbekiston Respublikasiga o‘tishi to‘g‘risidagi qaror barcha tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.