TOShKENT, 11 okt - Sputnik. Ochiq kosmosga chiqqan ilk inson Aleksey Leonov vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti Gagarin nomidagi kosmonavtlar tayyorlash markazi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda.
“Ha, afsuski, haqiqatdan ham shunday”, - degan markaz vakili.
Aleksey Leonov 85 yoshida 68-sonli Moskva klinik shifoxonasida olamdan o‘tdi. So‘nggi vaqtda u kasallik bilan uzoq kurashgan.
1965 yil martida Leonov ochiq kosmosga chiqqan ilk insonga aylangan edi. U o‘n yil o‘tib, 1975-yilda ikkinchi marta fazoga parvoz qilib, SSSRning “Soyuz” va AQShning “Apollon” kosmik kemalarini tutashtirishda qatnashgan. Ikki marta Sobiq ittifoq qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.