Mirziyoyev va Rahmon bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini ko‘rib chiqdilar

MDH Davlat rahbarlari kengashining Ashxoboddagi majlisi dasturi doirasida Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.
Sputnik

TOShKENT, 11 okt - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv MDH Davlat rahbarlari kengashining Ashxoboddagi majlisi dasturi doirasida bo‘lib o‘tdi

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari bugun yuksak darajaga ko‘tarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Igor Dodon bilan uchrashdi

Uchrashuvda savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini ko‘rib chiqdilar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga tashrif buyurgan. Turkmaniston poytaxtida 11-oktabr kuni MDH sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammit doirasida O‘zbekiston prezidenti qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.