MDH davlat rahbarlari sammitida 7 ta hujjat imzolandi - ro‘yxat

MDH davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2020-yil 16-oktabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Sputnik

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Ashxoboddagi MDH davlat yetakchilari sammiti yakunlari bo‘yicha 7 ta qo‘shma hujjat imzolandi.

Mirziyoyev, Rahmon va Jeenbekov Markaziy Osiyoda terrorizm tarqalmoqda deb aytishdi

Xususan, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan hukmlarni ijro etish to‘g‘risida Konvensiya imzolandi. Hujjatlar ro‘yxatida 2020-yilda MDHda raislik qilish haqida qaror, MDH davlat rahbarlari navbatdagi Kengash yig‘ilishini o‘tkazish haqida va MDH ijroiya kotibiyati to‘g‘risidagi hujjatlar o‘rin oldi.

Bundan tashqari, "MDHga a’zo davlatlarning strategik iqtisodiy hamkorligi to‘g‘risidagi deklaratsiya", "MDH davlatlari rahbarlarining 1941-1945 yillari Ulug‘ Vatan urushida Sovet xalqi G‘alabasining 75-yilligi munosabati bilan Hamdo‘stlik davlatlari xalqlariga va jahon jamoatchiligiga murojaatnomasi", "2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning terrorizm va ekstremizmning boshqa zo‘ravonlik ko‘rinishlariga qarshi kurashish dasturi to‘g‘risida"gi qarorlar qabul qilindi.

Yig‘ilish davomida prezidentlar tomonidan MDH ijrochi kotibi Sergey Lebedevning vakolatlarini uch yilga uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, MDH davlat rahbarlari kengashining keyingi yig‘ilishi 2020-yil 16-oktabrda Toshkentda bo‘lib o‘tadi, bu haqda MDH davlat rahbarlari tor doirada bo‘lib o‘tgan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.