Biz fuqarolarimiz sonini ko‘paytirapmiz, hududimizda yashaydiganlarni emas

Migratsiya bo‘yicha tadqiqotlar markazi direktori, Rossiya Fanlar akademiyasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida prognozlashtirish instituti yetakchi ilmiy xodimi Dmitriy Poletayev fikricha, Rossiyada mehnatga layoqatli aholi sonining qisqarishini migratsiya jarayoni qoplay oladi.
Sputnik

TOShKENT, 11 okt - Sputnik. Ekspert ta’kidlashicha, bugungi kunda demografik vaziyat nafaqat Rossiyada, balki butun Yevropada haqiqatda og‘irligicha qolmoqda.

“Yevropa mamlakatlarida qator o‘n yilliklar ilgari vujudga kelgan qiyinchiliklar bizda so‘nggi 15-yilda paydo bo‘ldi. Shu o‘rinda, mehnatga layoqatli rossiyalik aholi sonining tushishini migratsiya qoplayotganini his qilyapmiz”, - dedi ekspert Sputnik bilan bo‘lgan suhbati chog‘ida.
Ekspert ishsizlik va migratsiya darajasini qanday kamaytirish mumkinligini ma’lum qildi

D.Poletayev, o‘tgan yili Rossiya fuqaroligi 270 ming kishiga berilganini, ularning 50 mingi RF TIVning xorijdagi maxsus vakolatxonalari orqali taqdim etilganini qayd etib o‘tdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, bu kishilarning hammasi ham Rossiyada yashash uchun kelayotgani yo‘q.

“Biz fuqarolarimiz sonini ko‘paytirapmiz, hududda yashovchi kishilarning sonini emas. Fuqarolarning o‘lkalaridan bu yerga ko‘chishidan yuzaga kelayotgan natijalar xususida gapirar ekanmiz, nazarimda, istiqomat uchun beriluvchi ruxsatnomalarning imkoniyatlarini mavjud holatga moslashtirgan tarzda qo‘llagan ma’qul”, - deydi Poletayev.

Ekspert fikricha, hammaga ham fuqarolik kerak emas, ayrimlarga Rossiyada istiqomat uchun beriluvchi ruxsatnomaning o‘zi kifoya.

“Bu kishilar mehnat faoliyatini davom ettiraveradi, lekin fuqarolikni olishgacha bo‘lgan bir bosqichda ozmuncha tanaffus oladilar. Ya’ni ayni shu “tanaffus” ular ko‘chib kelayotgan o‘lkalari bilan muayan "nizolar" (ko‘pincha siyosiy ahamiyatga ega-tahr.) kelib chiqishiga qarshi bir yechim vazifasini o‘taydi. Albatta, bunda biz “maxfiy nizo” haqida so‘z yuritapmiz, ya’ni yashirincha mavjud bo‘lgan nizo”, - deya so‘ziga yakun yasaydi mutaxassis.

Quyidagi podkastda ekspertning izohi to‘liqligicha rus tilida taqdim etilmoqda.

Biz fuqarolarimiz sonini ko‘paytirapmiz, hududimizda yashaydiganlarni emas