Tramp Turkiyaga “kuchli zarba” bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadagi harbiy amaliyot uchun Turkiyaga “kuchli zarba” bilan tahdid qildi.
Sputnik

TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Vashington Anqaraning Suriyadagi harbiy harakatlarini diqqat bilan kuzatmoqda, agar Turkiya “qoidalar bo‘yicha o‘ynamasa” unga “kuchli zarba” berishga tayyor, deb aytdi AQSh prezidenti Donald Tramp. RIA Novosti xabariga asosan.

Eron turk qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishni talab qildi

“Tinchlik bulog‘i”

Kuni kecha Turkiya prezidenti Rejeb Tayib Erdo‘g‘on Suriya shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi va “Islom davlati” terrorchilik guruhiga qarshi “tinchlik bulog‘i” nomli harbiy amaliyot boshlanishini e’lon qilgandi.

Turkiya yetakchisi amaliyotning uchta maqsadni aytdi: janubiy chegarani terrorchilardan xalos qilish, Suriya hududiy yaxlitligini himoyalash va suriyalarni o‘z yurtiga qaytishini ta’minlash.

Anqaraning bu qadami ayrim qo‘shni davlatlar, shuningdek Yevropa ittifoqi  e’tiroziga sabab bo‘ldi.

O‘z navbatida Tramp AQSh Turkiyaning Suriyadagi amaliyotini ma’qullamaganligini va uni “yomon fikr” deb hisoblashini aytdi.

Turkiya mudofaa vazirligi so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, zarbalar natijasida kurdlarning 181 ta obyektiga ziyon yetkazildi. Suriyada 8 nafar tinch aholi halok bo‘lgan va 20 nafar jarohatlangan.