Toshkentda stajor-o‘qituvchi firibgarlikka qo‘l urdi

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti matematika kafedrasi stajor-o‘qituvchisi fuqaroga uni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, undan 500 dollar talab qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Toshkentda firibgarlikka qo‘l urdi stajor-o‘qituvchi ushlandi.

O‘qishga kiritishni va’da qilgan universitet xodimi xizmat xonasida ushlandi

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor tadbirda  Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti matematika kafedrasi stajor-o‘qituvchisi J.U. fuqaro X.Ya.ga Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutiga qo‘shimcha kontrakt asosida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Buning evaziga esa 500 dollar talab qilgan. U pullarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.U.ga nisbatan O‘zbekiston JKning tegishli moddalari bilanjinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.