Tesla kamerasi avtomobil yoniga chizib ketgan ayolni videoga oldi

Tesla avtomobili egasi, parkovkada avtomobil yoniga chizib ketgan kishining videosini Facebookda e’lon qildi.
Sputnik

TOShKENT, 10 okt - Sputnik. AQShning Kolorado shtatida maktab parkovkasida hech kimga xalal bermay turgan Tesla avtomobilining yon tomonida kimdir uzundan-uzoq chiziq qoldirib ketdi, deb xabar qilmoqda CBS telekanali.

Tesla kompaniyasi eng yangi Model Y᾽ni taqdim etdi

Parkovkada qoldirib ketilgan avtomobilni biroz o‘tib zarar yetkazilgan holda topish holatlari tez-tez uchrab turadi. Odatda bunday jinoyatlarni fosh qilish juda qiyin, chunki parkovkada kameralar ancha uzoqda o‘rnatilgan bo‘ladi va zarar yetkazgan odam ularda yaxshi ko‘rinmaydi.

Boshqa avtomobil bo‘lganida g‘araz niyatli kishi jazosiz qolishi mumkin edi, lekin shikastlangan Tesla avtomobili bo‘lgani tufayli voqea davomi qiziq bo‘ldi. Har bir Tesla Model 3 atrofida 9ta kamera o‘rnatilgan. Aslida ushbu kameralar haydovchisiz boshqaruv rejimi - avtopilot uchun o‘rnatilgan. 

Chizib ketilgan avtomobil egasi, kameralardagi yozuvlarni o‘rganib chiqib ulardan birida bu ishni kimqilganini aniqladi. O‘rta yoshli ayol mashina yoniga kalit bilan chizib ketgan edi.

Shundan so‘ng Tesla egasi ushbu videoni o‘z feysbukiga chiqardi. Unda u birinchidan Elon Maskka kamera o‘rnatgani uchun rahmat aytgan. Ikkinchidan ushbu ayolni tanigan odamlarga murojaat qilgan.

Videolavha bir zumda keng tarqalib ketdi. Bir kun ichida uni 200 mingdan ortiq kishi tomosha qilgan. Tesla egasi uning avtomobili yonini chizib ketgan ayolni tez orada topishga umid qilmoqda.