Rossiya mamlakatdagi shifokorlar defitsitini migrantlar yordamida hal qilmoqchi

Rossiya mamlakatdagi shifokorlar yetishmasligi muammosini migrantlar yordamida hal qilmoqchi va tibbiyot sohasidagi malakali migrantlarga Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda berishni rejalashtirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Rossiyada shifokorlar yetishmasligi muammosini migrantlar yordamida hal qilishmoqchi, deya yozadi “Izvestiya” nashri.

Qayd etilishicha, tibbiyot sohasidagi kadrlar yetishmasligini bartaraf etish uchun migrantlarni jalb qilish tashabbusi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi va Mehnat vazirligiga tegishli.

Migrantlar Rossiyaga balandroq maosh tufayli kelmoqda - mutaxassis

Vazirliklar ma’lumotlariga qaraganda, hozirda Rossiya shifokorlarining kadrlar salohiyati mamlakatning shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojini faqat 4%ni qoplashi mumkin.

Xususan, Rossiyada tez yordam shifokorlari, nevrolog, okulist, onkologlar yetishmasligi qayd etilgan.

Bu muammolarni hal qilish uchun mazkur idoralar xorijiy ishchi kuchini jalb qilishga tayyorlar. Shuningdek, ularga Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda berish rejalashtirilmoqda.