Eron turk qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishni talab qildi

Eron Tashqi ishlar vazirligi Turkiya harbiy amaliyotiga qarshi ekanligini bildirib, hujumlarni to‘xtatishni talab qildi.
Sputnik

TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Eron Tashqi ishlar vazirligi Turkiyadan o‘z qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishni va ushbu mamlakat hududida hujumlarni to‘xtatishni talab qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

AQSh senatorlari Turkiyaga qarshi sanksiya kiritishni taklif qildi

“Eron Tashqi ishlar vazirligi Turkiyaning Suriya hududidagi harbiy amaliyotlaridan xavotirda ekanligini va gumanitar vaziyatning jiddiyligini va to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan hududda tinch aholiga xavf solayotganligini hisobga olib, zudlik bilan hujumlarni to‘xtatish va turk qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqish zarurligini ta’kidlaydi”, - deyilgan Eron tashqi siyosat idorasi xabarida.

Tehron Turkiya harbiy harakatlari Suriyada keng ko‘lamli moddiy va gumanitar zarar yetkazishi mumkiniligi va Anqara amaliyotiga qarshi ekanligini eslatdi.

Turkiya prezidenti Tayib Erdo‘g‘on 9-oktabrda Suriya shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi va “Islom davlati” terrorchilik guruhiga qarshi “tinchlik bulog‘i” nomli harbiy amaliyot boshlanishini e’lon qilgandi.

Turkiya aviatsiyasi shu kunning o‘zida Suriya Xaseka viloyatidagi Ras el-Ayn shahriga zarba berdi.