Ayrim tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari ko‘tarildi

Prezident qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan boshlab qator tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari ko‘tariladi.
Sputnik

TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Qabul qilingan prezident qaroriga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab qator tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari ko‘tariladi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Shu bilan birga, bojxona boji va aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlar ularning samaradorligi va import qilinadigan tovarlar turini ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarning mavjudligini hisobga olgan holda bekor qilinishi belgilandi.