TOShKENT, 10 okt – Sputnik. AQSh kongress senati a’zolari Turkiya oliy rahbariyatiga qarshi sanksiyalarni kiritishni taklif qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Turkiya prezidenti Rejep Erdo‘g‘on, yuqori amaldorlarga qarshi viza cheklovlarini kiritish taklif etilgan. Shuningdek, Turkiya energetik sektoriga sanksiya kiritish va harbiy hamkorlikni taqiqlash taklif etilgan. Senator Lindsi Grema Twitter hujjat loyihasini joylashtirdi.
“Quyidagi siyosiy yetakchilarga sanksiyalar kiritish taklif etilmoqda: prezident, vitse-prezident, tashqi ishlar, moliya, savdo, energetika va tabiiy resurslar vazirlari”, — deyilgan hujjatda.
Turkiya tomonidan Rossiyaning S-400 havo mudofaa tizimlarini sotib olishini AQSh raqiblariga qarshi qonuni buzilishi deb e’lon qilish va bu bilan Anqaraga nisbatan avtomatik sanksiyalar kiritish ilgari surilgan.
Bundan tashqari, Turkiyaga harbiy yordam ko‘rsatilishi, xususan respublikaning qurolli kuchlari uchun harbiy mahsulotlar, xizmatlar, texnologiyalar va materiallarni sotishni taqiqlash, shuningdek, turk armiyasi uchun o‘q-dorilar yetkazib berishni taqiqlash taklif qilingan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Turkiya Suriyaning shimolida harbiy operatsiyani boshladi. Turkiya yetakchisi bu amaliyot Kurdiston ishchi partiyasi va "Islom davlati"* uyushmasiga qarshi qaratilganligini e’lon qildi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot