Turkiya Suriya chegarasiga yuzdan ortiq harbiy texnikani olib keldi - video

Turkiya Suriya chegarasiga M60 tank va M113 askarlarni olib yurishga mo‘ljallangan zirhli mashinalar joylashtirdi.
Sputnik

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Anqara Suriya chegarasiga zirhli texnikani olib keldi.

RT kanali bu haqda video tayyorladi.

Videolikda Shanliurfa provinsiyasidagi Akchakala shahriga kirish qismida M60 tank va M113 askarlarni olib yurishga mo‘ljallangan zirhli mashinalardan iborat bo‘lgan harbiy kolonna harakati aks etgan. Bu shahar Suriya chegarasidan bir necha yuz metr masofada joylashgan.

Anadolu nashri yozishicha, harbiy kolonna taxminan 130 texnikadan iborat.

Turkiya prezidenti Rejep Erdo‘g‘on oktabr boshida Suriya shimolidan Furotdan janub tomonida harbiy operatsiya haqida qarori yaqin kunlarda qabul qilinishini ma’lum qilgandi.

Turkiya harbiylarning maqsadi - Suriyaning chegara hududida suriyalik kurdlardan tozalash va u yerda Turkiyadagi suriyalik qochqinlarni joylashtirish uchun xavfsiz zonani tashkil qilish.

Vashington o‘z navbatidan, AQSh qurolli kuchlari Turkiya harbiy amaliyotida qatnashmasligini ma’lum qilib, qo‘shinlar olib chiqilishi e’lon qildi.

7 oktabr kechasi Turkiya aviatsiyasi Hasek viloyatidagi Suriya arab-kurd kuchlari (SDF) bazasiga  zarba berdi.