Tojikistonlik model yarim yalang‘och holda sahnaga chiqishdan bosh tortdi - foto

Xitoyda xalqaro Miss Tourism World 2019 go‘zallik tanlovi o‘tkazilmoqda. Tojikistonlik model bikinida raqsga tushish kerakligini bilmagan.
Sputnik

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Miss Tourism World 2019 tanlovida tojikistonlik model Sabrina Zuxurova sahnaga bikinida chiqishdan bosh tortdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Xitoyning Sindao shahrida 24-sentabrdan beri xalqaro go‘zallik tanlovi o‘tkazilmoqda. Uning finali 10-oktabrda bo‘ladi.

Tojikistonlik model tanlovning bir nechta bosqichidan o‘tdi va eng zo‘r beshta ishtirokchilar ro‘yxatiga kirdi.

U bikinida raqsga tushish kerakligini bilmagan. U milliy raqsni ijro etishga tayyorganlik ko‘rgan.

“Men tananing barcha qismlarini yopib turuvchi yubka kiygan edim, tashkilotchilar bikini kiyishimni so‘rashdi. Albatta, men tanlovda ishtirok etishdan bosh tortdim. Or-nomus tojdan muhimroq”, - deb javob berdi Sabrina.

Shundan so‘ng hakamlar undan 50 ballni olib tashlashdi. Shunga qaramay Sabrina tanlovning eng yaxshi o‘ntaligiga kirishga muvaffaq bo‘ldi.

Model Sputnik bergan intervyuda boshqa xalqaro go‘zallik tanlovlarda ishtirok etmaslikni aytdi.

Sabrina Zuxurova 24 yoshda. U Tojikiston milliy universitetini tamomlagan va hozirgi vaqtda bankda ishlamoqda.